Barcha iPhone 15 modellari dinamik orolga ega bo‘ladi

Barcha iPhone 15 modellari dinamik orolga ega bo‘ladi

The Elec bergan yangi ma’lumotga ko‘ra, iPhone 14 Pro modelaridagi dinamik orol funksiyasi barcha iPhone 15 modellariga o‘rnatiladi. Apple allaqachon komponentlar yetkazib beruvchi kompaniyalarga, shu jumladan Samsung Display'ga o‘z buyurtmalarini berishga ulgurgan. 

Samsung o‘z navbatida Janubiy Koreyaning Philoptics kompaniyasidan 19.3 million dollar qiymatidagi uskunalarni sotib olishga buyurtma bergan.

Samsung Display asta-sekin Apple tomonidan talabi oshib borayotgan dinamik orolga ega displeylarni ishlab chiqarish uchun yana bir qator boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. iPhone gadjetlarining displey texnologiyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, Elec nashrining ta’kidlashicha, Apple kelajakda iPhone 16 Pro modellari uchun dinamik orolni displey ostiga olib o‘tadi. 

Eski mish-mishlarga ko‘ra, Samsung Display OTI Lumionics bilan hamkorlik qilishi mumkin. Ushbu kompaniya ekranosti kameralarni yangicha usul bilan ishlab chiqarishga harakat qilmoqda. 

O‘QING: 2023 yilda ommabop bo‘lishi kutilayotgan smartfon tez orada taqdim etiladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!