Barchaning smartfonida mavjud bo‘lgan ilovaga ajoyib imkoniyat qo‘shildi!

Barchaning smartfonida mavjud bo‘lgan ilovaga ajoyib imkoniyat qo‘shildi!

Shu yili Android va iOS, shuningdek, ushbu dasturiy tizimlar uchun ilova yaratuvchilari ko‘z toliqishini kamaytiruvchi hamda qurilmalar quvvatini tejash imkonini beruvchi to‘qrangli interfeyslar ishlab chiqarishga berilib ketishdi. Yaqinda taqdim qilingan iOS 13 ham shu yangilik bilan maqtangan edi. 

Ushbu haftada Android uchun mo‘ljallangan Gmail pochta-dasturining ayrim foydalanuvchilari, ilovada to‘qrangli interfeys paydo bo‘lganini ma’lum qilishdi. Aytish kerakki, ushbu yangilanish ilovaning so‘ngi versiyasini o‘rnatganlar orasida ehtimoliy ravishda bosqichma-bosqich tarqatiladi.

Qolaversa, ayni damda to‘qrangli interfeys Gmail ilovasining faqat sozlamalar bo‘limida ishlamoqda. Foydalanuvchilarning aytishicha, ushbu funksiya yorug‘lik miqdori ko‘p bo‘lgan vaqnda avtomatik ravishda ishlaydi, yoki aksincha. Afsuski, ushbu rejimni doimiy o‘rnatish yoki o‘chirish sozlamasi ilovada  mavjud emas.

Avgustda taqdim qilinuvchi Android 10 Q dasturiy tizimining yakuniy talqinida dasturchilar ushbu xatoliklarni tuzatishi turgan gap. O‘sha vaqtga kelib Android’ga tegishli boshqa ilovalar ham to‘qrangli interfeysga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!