Barmoq izi skaneri displeyga joylangan ilk smartfon videosini tomosha qilamiz

  •   DiMaX
  •  2380
  •  04.01.2018 14:46

Barmoq izi skaneri displeyga joylangan ilk smartfon videosini tomosha qilamiz

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Synaptics kompaniyasi o‘zining Clear ID nomli optik daktiloskopik datchiklarini ommaviy ishlab chiqarishga kirishganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, mazkur yangi texnologiyaga ega smartfon 2018 yilning yanvarida bo‘lib o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilganligi haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga joylangan ilk smartfon taqdimotiga atigi bir oy qoldi!

Ushbu texnologiya borasida birinchilik uchun yetakchi texnologik kompaniyalar o‘zaro poyga olib borishayotgan esa-da, bu sharafga nisbatan «bundayroq» smartfonsoz – Vivo birinchi bo‘lib erishdi. Uning yangi taqdim etiladigan smartfonida barmoq izi skaneri CMOS-sensor ekrandagi odatiy bitta nuqtada emas, balki displeyning butun yuzasida amal qiladi.

O‘QING: Ekranining o‘zi barmoq izi skaneriga aylantirilgan ilk smartfon ma’lum bo‘ldi va u Samsung mahsuloti emas...

Shu paytgacha tarqalgan xabarlarda, ushbu devays Vivo Xplay7 modeli bo‘lishi taxmin qilingan edi. Kecha – 3 yanvar kuni esa Xitoyda mazkur kompaniyaning yangi smartfoni Vivo X20 Plus UD nomi ostida sertifikatsiyadan o‘tdi, deb yozadi Phone Radar nashri. Ehtimol, bu – o‘sha Vivo Xplay7 modelining kodli nomidir.

Quyida esa Clear ID optik daktiloskopik datchikli ekranga ega Vivo smartfonining ishlashini ko‘rishimiz mumkin.

Qanday nomlanishidan qat’i nazar, yangi texnologiyaga ega ilk smartfonni keyingi hafta bo‘lib o‘tadigan CES 2018 tadbirida namoyish etishadi.

Darvoqe, Xiaomi kompaniyasi barmoq izi sensori borasida yanada ilgarilab ketgani haqidagi yangilikdan boxabarmisiz?

O‘QING: Xiaomi displeyga joylanuvchi, tegmasdan barmoq izini taniydigan skanerni patentladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!