Barmoq izi skaneriga ega arzon Meizu M5 rasman taqdim etildi

Barmoq izi skaneriga ega arzon Meizu M5 rasman taqdim etildi

Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu M5 smartfonini rasman namoyish etdi. Hi-tech-mail.ru nashrining ma’lum qilishicha, model avvalroq chiqarilgan va faqat Xitoyda sotilgan Meizu M3 modelini almashtiradi. Meizu M4 modeli ba’zi sharq mamlakatlarida 4 soni salbiy ramzga egaligi bois tayyorlanmaydi.

Yangi smartfonning korpusi polikarbonatdan ishlangan, narxi arzon bo‘lishiga qaramay unga barmoq izi skaneri va LTE modem o‘rnatilgan.

Meizu M5 sakkiz yadroli MediaTek MT6750 protsessori, 2/3 GB tezkor va 16/32 GB doimiy xotira, HD aniqligidagi 5,1 dyuymli ekran, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera bilan jihozlanadi.

Qurilma ikkita SIM-karta ishini qo‘llab quvvatlaydi. Batareyasining sig‘imi – 3070 mA/soat.

Meizu M5 besh xil rangda birinchi bo‘lib Xitoyda noyabr oyida sotuvga chiqadi. 2/16 GB xotirali versiyaning narxi – 103 dollar, 3/32 GB xotirali versiya esa 132 dollar narxida sotilishi ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!