Baxtsiz hodisalarni Internet orqali sug‘urtalash imkoni paydo bo‘ldi

Baxtsiz hodisalarni Internet orqali sug‘urtalash imkoni paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk bor baxtsiz hodisalardan elektron sug‘urtalash imkoni paydo bo‘ldi.

“O‘zlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilishni istagan fuqarolar Internet orqali elektron sug‘urta polisi sotib olish imkoniga ega bo‘ldi”, — deyilgan xabarda.

Baxtsiz hodisalardan sug‘urta  qilingan fuqarolar kutilmagan, favqulodda holatlar oqibatida zarar ko‘rganda, vaqtincha, doimiy ishga layoqatini yo‘qotganda yoki qurbon bo‘lganda sug‘urta kompaniyasidan 15 kun ichida belgilangan badal mablag‘ini olish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 27 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Transport sug‘urtasi, Tibbiy sug‘urta, Mol-mulk sug‘urtasi kabi o‘ndan ortiq eng ommaviy xizmatlarni Internet orqali sotib olish imkoni mavjud.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.