Beeline 2016 yilda tarmoq rivojlanishiga 533 mlrd so‘m kiritdi

  •   DiMaX
  •  957
  •  02.03.2017 14:56

Beeline 2016 yilda tarmoq rivojlanishiga 533 mlrd so‘m kiritdi

Beeline aloqa operatori 2 mart kuni bo‘lib o‘tgan milliy matbuot anjumani doirasida 2016 yilgi faoliyatini sarhisob qildi. Unitel tijorat direktori Maksim Yefremov o‘z taqdimotida, kompaniyaning o‘tgan yilgi kapital xarajatlari 533 milliard so‘mga yetganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘tgan yilning so‘nggi choragi yakunlariga ko‘ra, Beeline abonentlari miqdori 9.506.503 kishini tashkil etgan. Bir oy davomida abonentga bo‘lgan o‘rtacha hisob bir yilda 10,4%ga o‘sib, 17.925 so‘mga yetgan. Bunda bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 10,6%ga o‘sib,  554 daqiqagacha oshgan. M.Yefremovning so‘zlariga ko‘ra, bir yilda bir kishi tomonidan oylik internet sarfi o‘rtacha 195 megabaytdan 316 megabaytgacha oshgan.

O‘zbekiston uyali aloqa bozorida yetakchilik qilayotgan mazkur kompaniyaning operatsion foydasi yil mobaynida 7,6%ga oshgan va 1,967 trillion so‘mni tashkil etgan.

Taqdimotda yana, kompaniya tomonidan abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan aksiyalar xususida ham so‘z yuritildi. Jumladan, eski rusumdagi SIM-kartalarni yangicha – 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi SIM-kartalarga bepul almashtirish aksiyasi davom etayotganligi ta’kidlandi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!