Beeline 4G Mi-Fi routerlar sotuvini boshladi

Beeline 4G Mi-Fi routerlar sotuvini boshladi

Beeline aloqa operatori Toshkentda 4G mijozlar moslamasining sotuvi boshlangani haqida xabar beradi.

4G komplekti sotib olinganda avvaldan to‘lov tizimi abonentlari yoqilgan internet-trafik bilan «Klik» tarifidagi (tarifdagi boshlang‘ich balans $1,8) Mi-Fi routerni (narxi $75) qo‘lga kiritadilar. SIM-karta aktivlashtirilganida abonent 6 oy davomida barcha internet-yo‘nalishlar uchun 4G tarmog‘ida 5 Gb, 4G tarmog‘ining TAS-IX doirasida foydalanish uchun esa 10 Gb trafikni qo‘lga kiritadi.

“Mijozlar 4G tezligining barcha imkoniyatlarini baholay olishlari uchun biz LTE tarmog‘ini faol qurishni davom etmoqdamiz, shu bilan birga mijozlarimizga qulay takliflar va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishda davom etmoqdamiz. Yangi Mi-Fi routerlari bilan Beeline abonentlari HD-sifatda videolar ko‘rishlari, katta fayllarni tez yuklab olishlari yoki onlayn-o‘yinlarni istalgan joylarida o‘ynashlari mumkin. Ishonaman, iste’molchilar yangi Mi-Fi routerlar imkoniyatlarini yaxshi baholaydilar”, – voqeani sharhlaydi Unitel MChJ tijorat direktori Maksim Yefremov.

Tarmoq qoplami, shuningdek Beeline 4G tarif va xizmatlari haqida batafsil ma’lumot Beeline saytida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!