Beeline call-markazi Telegram orqali murojaatlarni qabul qilmoqda

Beeline call-markazi Telegram orqali murojaatlarni qabul qilmoqda

Beeline Telegram messenjeri orqali abonentlar so‘rovlariga tezkor javob berish uchun yangi aloqa kanalini rivojlantirmoqda. Bir oylik faoliyati davomida call-markazi mutaxassislari ommabop messenjer orqali abonentlarning minglab so‘rovlarini qabul qildi. Murojaatlarning asosiy mavzulari to‘lov usullari, mobil Internet sozlamalari, xizmatlar, USSD-kodlar va tarif rejalari haqida bo‘ldi.

Abonentlar Beeline call-markazining telefon raqamini (+998901850055) o‘z telefonlarida saqlab qolgan holda, ommabop messenjer orqali kompaniyaga murojaat etishlari mumkin. Abonentlar 0611 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan kabi mutaxassis yordamini oladilar. Xizmatning ish vaqti – har kuni soat 09:00dan 22:00gacha. Kompaniyaning so‘ngi yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lish uchun esa abonentlar kompaniyaning rasmiy Telegram-kanaliga quyidagi havola bo‘yicha obuna bo‘lishlari mumkin: https://telegram.me/BeelineUzbekistan

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.