Beeline Club va Let’s Animate o‘quv markazi Facebook‘da tanlov boshlashdi

Beeline Club va  Let’s Animate  o‘quv markazi Facebook‘da tanlov boshlashdi

Beeline Club o‘z hamkori Let’s Animate o‘quv markazi bilan birgalikda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Beeline Club sahifasida sovrinli tanlovni e’lon qildi. Sovrin – o‘quv markazida uch oy bepul ta’lim olish uchun sertifikat.

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov haqidagi yangilikga Like bahosini qo‘yish, tanlov posti ostida sharh tarzida qaysi o‘quv kursi tanlangani haqida yozish lozim. Tanlov 2016 yilning 10 iyun kuniga qadar davom etadi va g‘oliblar random.org ommabop sayti orqali tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. Tanlov natijalari skrinshot tarzida Beeline Club sahifasida e’lon qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!