Beeline‘da amaliyot o‘tash uchun arizalar qabuli yakunlandi

Beeline‘da amaliyot o‘tash uchun arizalar qabuli yakunlandi

Beeline aloqa operatori mamlakatning III va IV kurs talabalari uchun “Uchinchi avlod-2017” amaliyot o‘tash dasturida ishtirok etish uchun so‘rovlarni yig‘ishni yakunlagani haqida xabar beradi.

Hammasi bo‘lib yuzdan ziyod ariza topshirilgan, ularning ichidan 45 nafar nomzod ikkinchi bosqichga o‘tdi. Ikkinchi bosqich – test natijalariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan talabalar xodimlarni tanlash bo‘yicha mutaxassis va bo‘lg‘usi rahbari bilan suhbatga taklif qilinadilar.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda dasturning IX mavsumida 2009 yildan shu kunga qadar ishtirokchilarning eng ko‘p soni qabul qilinadi: 22 kishi Beeline‘ning tijorat direksiyasi, texnik direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish direksiyasi, shuningdek Beeline‘ning strategik loyihalari direksiyasida amaliyot o‘tash ochilgan.

Amaliyot natijalariga ko‘ra eng muvaffaqiyatli talabalarga o‘qish bilan moslashgan holda maxsus ish jadvali, istiqbolda esa Beeline‘ning doimiy xodimi ish o‘rni beriladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!