Beeline‘dan yangilangan Unlim: eski narx evaziga 3 marotaba ko‘p internet

Beeline‘dan yangilangan Unlim: eski narx evaziga 3 marotaba ko‘p internet

Beeline aloqa operatori Unlim tarif rejalarida abonent to‘lovining o‘sishisiz tezlik va trafikni oshirgan holda tarif shartlarini takomillashtirdi.

Voqeani sharhlar ekan, Buzton QK bosh direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Ko‘pchilik mijozlarning iltimoslariga ko‘ra, biz tariflarning shartlarini keskin ko‘rib chiqdik, eski narx evaziga internet-trafik hajmini ikki va uch mapotaba oshirdik. Maqsadimiz – xizmatlarning maksimal darajadagi hamyonbopligi va qulayligi, yangilangan Unlim esa ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi qadamdir. Bu yili biz Beeline‘ning FTTB texnologiyasida ishlovchi tarmoqlarini ham Toshkent shahrida, ham O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kengaytirishni rejalashtirganmiz, shuning uchun keng polosali Internet xizmatimizdan yanada ko‘p mijozlarimiz foydalana olishadi”.

Unlim tariflarining yangilangan shartlari:

Unlim 1:

Abonent to‘lovi – $10

1024 Mbit/s tezlikdagi trafik hajmi – 9 000 Mb

Trafik chegarasidan chiqilgandagi tezlik – 64 Kbit/s

Unlim 2:

Abonent to‘lovi – $15

2048Mbit/s tezlikdagi trafik hajmi – 15 000 Mb

Trafik chegarasidan chiqilgandagi tezlik – 64 Kbit/s

Unlim 3:

Abonent to‘lovi – $25

2048 Mbit/s (FTTB – 4096 Mbit/s) tezlikdagi trafik hajmi– 30 000 Mb

Trafik chegarasidan chiqilgandagi tezlik – 128 Kbit/s

Unlim 4:

Abonent to‘lovi – $35

2048 Mbit/s (FTTB – 6144 Mbit/s) tezlikdagi trafik hajmi – 45 000 Mb

Trafik chegarasidan chiqilgandagi tezlik – 256 Kbit/s

Unlim 5:

Abonent to‘lovi – $50

2048 Mbit/s (FTTB – 8192 Mbit/s) tezlikdagi trafik hajmi – 75 000 Mb

Trafik chegarasidan chiqilgandagi tezlik – 512 Kbit/s

Beeline‘ning FTTB abonentlari uchun yoqilgan trafik tezligi 8 Mbit/s tashkil etadi, TAS-IX zonasidagi .UZ domeni saytlari uchun esa Unlim tarif rejalarida doimiy 2 Mbit/s tashkil etadi.

Toshkentda Beeline‘ning simli Internetini yoqtirish mumkin bo‘lgan hududlar bilan korporativ saytda batafsil tanishish mumkin. ADSL texnologiyasi bo‘yicha: http://fixed.beeline.uz/ru/main/zone/adslzone.wbp

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!