Beeline Eurasia Mobile Challenge eng yirik innovatsiyalar tanloviga arizalarni qabul qilishni boshladi

Beeline Eurasia Mobile Challenge eng yirik innovatsiyalar tanloviga arizalarni qabul qilishni boshladi

Beeline aloqa operatori Eurasia Mobile Challenge halqaro innovatsiyalar tanlovining Yevroosiyo bosqichi boshlangani haqida e’lon qiladi. Loyihaning maqsadi – dunyoni o‘zgartiruvchi eng yangi digital-yechimlarni izlashga yosh mutaxassislarni ilhomlashtirish. Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. tashabbusi bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Halqaro kompaniya kommunikatsiyalar va texnologiyalar sohasida ihtisoslashgan bo‘lib, har bir mijoz uchun raqamli dunyo imkoniyatlarini ochish g‘oyasiga ega.

Ikki yildan beri Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi.

Mobil yechimlar bo‘yicha Yevraosiyo chempionati – Barselonada finali bo‘lib o‘tadigan Global Mobile Challenge startaperlarning eng yirik jahon tanlovining bosqichlaridan biridir. Tanlov digital-, mobil, moliyaviy, cloud (bulutli) va M2M yechimlar, big data, shuningdek ijtimoiy muammolarni bartaraf eta oladigan ilovalarning konsepsiyasini yoki tayyor prototipini taqdim eta oladigan texnik va gumanitar mutaxassislikdagi yoshlarga, yosh tadbirkorlar va startaperlarga mo‘ljallangan.

Musobaqada O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ukraina mamlakatlaridan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Hududiy bosqichlar chog‘ida har bir ishtirokchi seminarlar, master-klasslar va pitch-sessiyalarda o‘z konsepsiyasini g‘oyalarini tayyor mobil yechimga aylantirishda ko‘mak bera oladigan mahalliy va halqaro ekspertlar va mentorlar bilan birgalikda test sinovidan o‘tkazish, kam-ko‘stini to‘ldirishlari mumkin. Loyihalar IT-sohasidagi ekspertlar tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha baho beriladi: innovatsiyalar darajasi, mahalliy uyushma uchun dolzarbligi, keng ko‘lamligi va noyobligi.

Har bir ishtirokchi-mamlakatda chempionatning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan bellashadilar. 24 guruh (har bir mamlakatdan 3 guruh) hududiy bosqichning finaliga yo‘l oladilar. Hududiy finalning 3 g‘olibi pullik sovringa ega bo‘ladilar va 2017 yilda Barselonada Halqaro Mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan global finalda kurashni davom ettiradilar.

“VimpelCom startapdan 200 million mijozlarga ega va dunyoning 10% aholisi uchun mavjud bo‘lgan halqaro telekommunikatsion va texnologik kompaniya darajasiga o‘sdi. Bizning bu tajribamiz – bizning ilhomimiz. Haqiqiy digital-o‘yinchiga transformatsiya qilish jarayonida, biz mijozlarimizga yanada yaqin qiladigan yangi ilovalar va dasturiy yechimlarni qidiramiz. Beeline VimpelCom‘ning ushbu yo‘nalishdagi Make Your Mark loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi, va biz Eurasia Mobile Challenge ishtirokchilaridan yangi biznes-g‘oyalarni intizorlik bilan kutib qolamiz”, – belgilab o‘tdi Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov.

Bugungi kunda biz O‘zbekistondagi jamiyatning ehtiyojlarini qondira olishga qaratilgan kelajakning ultrazamonaviy ilova va yechimlarini izlash jarayonidamiz. Ro‘yhatdan o‘tish uchun www.eurasiamobilechallenge.com saytiga tashrif buyuring va mobil aloqa sohasidagi innovatsion loyiha ustida ishlashni boshlang.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!