Beeline Jizzax viloyatida tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline Jizzax viloyatida  tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline aloqa operatori Jizzax viloyatida 3G tarmog‘i qoplamining doyrasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. G‘allaorol shahrining Mustaqillik ko‘chasida yangi baza stansiyasi o‘rnatildi va bu yaqin oraliqda joylashgan tumanlarda ham aloqa sifatini yaxshiladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi vaqt mobaynida Jizzaxda 10dan ziyod 3G baza stansiyalari ishga tushirildi. Bu esa hudud aholisi yuqori tezlikdagi mobil Internet va sifatli aloqa imtiyozlaridan foydalana olishlariga imkon beradi, deb Beeline xabar bermoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!