Beeline mobil internet tezligini o‘lchovchi ilova yaratdi

Beeline mobil internet tezligini o‘lchovchi ilova yaratdi

Beeline aloqa operatori Google Play onlayn-do‘koniga Mobile Quality Analyzer (MQA) ilovasini joylashtirdi. Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfon egalari mazkur ilovani yuklab olib, fon rejimida internet tezligini kuzata oladi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshlarida Beeline ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini tarmoqda monitoring qiluvchi Mobile Quality Analyzer dasturi ishga tushirilganini e’lon qilgan edi. MQA chiqargan o‘lchov natijalari hisobot, grafik va boshqa tahlillar uchun ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

Ilova avtonom rejimda ishlaydi va abonent hisobidan pul yechmaydi. Qolaversa, smartfonga MQA ilovasi yuklangach, 0611ga terishga ehtiyoj yo‘qoladi, chunki ilova interfeysida qo‘ng‘iroqlar markaziga arizalar joylash va javobni qabul qilish oynasi bor.

Ilovani Google Play internet-do‘konidan bepul yuklab olish mumkin.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!