Beeline muqobil energiya manbalaridan foydalanmoqda

Beeline muqobil energiya manbalaridan foydalanmoqda

Quyosh energetikasi istiqbolli soha, uning nuri esa yangilanuvchi energiya manbasi hisoblanadi. O‘zbekistonda quyoshli kunlar ko‘pligi sababli quyosh energetikasidan foydalanish texnologiyasi ommalashib bormoqda. Yirik aloqa operatori Beeline baza stansiyalariga quyosh panellarini o‘rnatdi. Sirdaryo viloyatida joylashgan shunday stansiyalardan biri haqida uzreport.uz sayti xabar qiladi.

Kompaniya texnik direktori quyoshdan energiyasi olishning afzalliklaridan shovqinsizligi, ishonchliligi va panellar uzoq muddat xizmat qilishini sanab o‘tdi. Direktor fikriga ko‘ra, quyosh nuri mamlakatning barcha hududida bor, quyosh panellari shamol generatorlaridan afzalroq, chunki o‘rnatish uchun joy tanlamaydi.

Sirdaryodagi Beeline baza stansiyalariga 24ta quyosh paneli o‘rnatilgan bo‘lib, har biri 200 Vatt quvvatga ega. Quyosh qattiq qizdirganda tizimning to‘la quvvati 4,8 KVtni tashkil etadi

Beeline mutaxassislari bosqichma-bosqich “yashil” energetikaga o‘tish va yangilanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kompaniyaning oldiga qo‘ygan vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!