Beeline O‘zbekiston bo‘ylab 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Beeline O‘zbekiston bo‘ylab 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Beeline aloqa operatori Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Terabayt.uz'ga xabar bermoqda.

Beeline Andijon, Buxoro, Jizzax, Jomboy, Qarshi, Qo‘qon, Marg‘ilon Navoiy, Namangan, Paxtaobod, Samarqand, Xo‘jand, Chiroqchi va Shaxrisabz shaharlarda tarmoqni kengaytirdi. Bundan tashqari, respublikaning bir qator tuman va qishloqlarda ham qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatildi.

"Bizning maqsadimiz abonentlarga yuqori tezlikdagi mobil Internet imkoniyatlarini taqdim etishdir. Yuqori tezlikdagi Internetga bo‘lgan talabning ortib borayotganini kuzatmoqdamiz, mijozlarimiz aloqa jarayoniga tobora ko‘proq jalb qilinmoqda va axborot oqimlarini kuzatishmoqda. Biz respublikaning eng chekka nuqtalarini ham yuqori sifatli aloqa bilan ta’minlash maqsadida texnologiyalarga sarmoya kiritishga tayyormiz”, - dedi Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!