Beeline O‘zbekistonda birinchi bo‘lib LTE–roumingni ishga tushirganini e’lon qildi

Beeline O‘zbekistonda birinchi bo‘lib LTE–roumingni ishga tushirganini e’lon qildi

Endi Beeline‘ning barcha abonentlari roumingda to‘rtinchi avlod yuqori tezlikdagi mobil internetning barcha afzalliklarini his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hozirgi kunda 4G tarmog‘i Rossiya va Qozog‘istonda Beeline uyali aloqa operatorlari tarmog‘ida mavjud.

Chet el safarida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish uchun qo‘shimcha xizmatlarni ulashning hojati yo‘q. Faqatgina qurilma (smartfon yoki planshet) va SIM-karta 4G rejimini qo‘llab-quvvatlashi kerak. SIM-kartangizni 4G USIMga Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida almashtirishingiz mumkin.

Kompaniya LTE roumingni yanada rivojlantirish va 4G qamrov hududiga kiruvchi operatorlar va davlatlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. 4G tarifikatsiyasi mavjud bo‘lgan internet narxlari bilan bir xil narxlar xaqida bu yerda tanishing

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!