Beeline Qashqadaryoda 3G tarmog‘ini rivojlantirmoqda

Beeline Qashqadaryoda 3G tarmog‘ini rivojlantirmoqda

Beeline aloqa operatori Qashqadaryo viloyatida tarmoq hajmi va doira qoplami kengaygani haqida xabar beradi. Yangi baza stansiyalari Qarshi shahrining Kesh ko‘chasida ishga tushirildi.

Bu esa ushbu xududda 3G tarmog‘i imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Qo‘shimcha stansiyalarning ishga tushishi Qashqadaryo viloyatining aholisiga mobil internetning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi, deb xabar berdi Beeline aloqa operatori.