Beeline roumingdagi mobil internet uchun narxlarni 90 foizdan ortiqqa arzonlashtirdi

Beeline roumingdagi mobil internet uchun narxlarni 90 foizdan ortiqqa arzonlashtirdi

Beeline roumingdagi mobil internet uchun narxlarni 90 foizdan ortiqqa arzonlashtirgani haqida e’lon qiladi. Endi abonentlar dunyoning 160 ta mamlakatiga sayohat qilish chog‘larida internet uchun eng maqbul narxlar bilan doimo onlayn bo‘ladilar.

Voqeani sharhlar ekan, «Unitel» MChJ tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Roumingdagi internet narxining 10 barobar va undan ko‘pga arzonlashgani - ramziy va misli ko‘rilmagan hodisa. Roumingda data-xizmatlardan foydalanish deyarli dabdabalik degan paradigmani aslida Beeline buzdi. Bundan buyon abonentlarimiz xorijiy sayohatlardan so‘ng rouming uchun hisoblardan qo‘rqmasliklari va o‘z raqamlarini o‘zgartirmasdan internetdan erkin foydalanish imkoniga egadirlar. Narxlarning keskin pasayishi Beeline‘ning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» dasturi doirasida amalga oshirilgan birinchi qadamlaridan biri bo‘lib, uning oxiriga qadar mijozlarimiz uchun yanada qulayliklar yaratish uchun biz mobil internet tezligini bir necha marta oshirishni maqsad qilib qo‘ydik”.

Roumingning tarif doirasi

1 MB uchun so‘mdagi eski narx

1 MB uchun so‘mdagi yangi narx

Rossiya

77 590,30 so‘m

6 315 so‘m

MDH

81 042,50 so‘m

6 315 so‘m

Yevropa

98 303,50 so‘m

6 315 so‘m

Osiyo

96 577,40 so‘m

6 315 so‘m

Osiyo-turizm

82 768,60 so‘m

6 315 so‘m

BAA

73 296,10 so‘m

6 315 so‘m

Qolgan mamlakatlar

86 220,80 so‘m

25 260 so‘m

Roumingning tarif doirasi bilan batafsil kompaniya saytida tanishish mumkin: https://beeline.uz/tashkentskaya-obl/customers/mobile/roaming/roamingzone

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!