Beeline saytida “O‘zbekiston 25” digital-loyihasi taqdim etildi

Beeline saytida “O‘zbekiston 25” digital-loyihasi taqdim etildi

Beeline aloqa operatori Public Media agentligi va “UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish markazi” DUK qo‘llab-quvvatlashi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston 25” digital-loyihasini taqdim etmoqda.

Voqeani sharlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Beeline katta ishtiyoq bilan haqiqatdan ham vatanparvarlik tuyg‘usi bilan to‘lgan mazkur “O‘zbekiston 25” loyihasini bosh hamkor sifatida qo‘llab-quvvatladi. Mustaqillikning yubiley sanasi yaqinlashmoqda, va biz Vatanimizning shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlarini vatandoshlarimiz bilan birgalikda eslash imkonini taqdim etishdan mamnunmiz. Buning eng quvonchlisi va ramziyligi shundaki, sovg‘a digital-formatda amalga oshirilgan va har kim smartfon, planshet, yohud desktop kompyuterdan kirishidan qat’iy nazar adaptiv formatda taqdim etilgan”.

“O‘zbekiston 25” loyihasi Beeline saytida joylashtirilgan va yosh respublikamiz tarixidagi eng esda qolarli sanalarini ko‘rsatgan holda mamlakatning mustaqil rivojlanishini elektron solnomasi sifatida amalga oshirilgan. Hamma uchun tanish bo‘lgan voqealar, shuningdek keng auditoriya uchun noma’lum bo‘lgan paytlar haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishish istagi paydo bo‘lishi shubhasiz – buning uchun saytning interfeysida eng ommabop ijtimoiy tarmoqlarning belgilari keltirib o‘tilgan, ularning yordamida esa bir tugmaning bosilishi orqali shaxsiy profilda “O‘zbekiston 25” loyihasiga havolani joylashtirish mumkin.

Tafsilotlar Beeline saytida.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!