Beeline Samarqand viloyatida 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imini kengaytirdi

Beeline Samarqand viloyatida 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imini kengaytirdi

Eng yirik aloqa operatori Beeline Samarqand viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imining kengaygani haqida xabar berdi.

“Tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi, abonentlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsiya – doimiy ravishda amalga oshirilayotgan vazifalarimizdan biri, bu kompaniyaning kelajagiga qo‘shayotgan xissamiz va uning yetakchiligi garovidir, – deydi Unitel‘ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov. – Mijozlarning ishonchi – har qanday biznesning asosiy qiymatidir, aloqa sifatini yaxshilash uchun barcha kuchimizni birlashtirgan holda, uni oqlashga harakat qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi vaqt mobaynida Samarqand viloyatida 30ga yaqin 3G baza stansiyalari ishga tushirildi. Bu hudud aholisi uchun qo‘shimcha baza stansiyalarining ishga tushirilishi aloqa sifati va yuqori tezlikdagi mobil Internetning avzalliklaridan foydalanishga imkon beradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!