Beeline Samarqandda 3G tarmog‘ini kengaytirdi

Beeline Samarqandda 3G tarmog‘ini kengaytirdi

Beeline aloqa operatori Samarqand viloyati xududida tarmoq hajmi va qoplam doirasi kengaygani haqida xabar beradi. Yangi baza stansiyalari Samarqand shahrining X. Vali va Alisher Navoiy ko‘chalari, shuningdek Samarqand tumanining Samiyev, Qum Tepa, Ohalik va O‘zbekkenti ko‘chalari bo‘ylab o‘rnatildi.

Bu esa ushbu xududda 3G tarmog‘i imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Qo‘shimcha stansiyalarning ishga tushishi mobil internetning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi, deydi Beeline aloqa operatori.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!