Beeline Samarqandda tarmoq qoplamini kengaytirdi

Beeline Samarqandda tarmoq qoplamini kengaytirdi

Beeline aloqa operatori Samarqand viloyati xududida tarmoq hajmi va qoplam doirasi kengaygani haqida xabar beradi. Yangi baza stansiyalari Samarqand shahrining Panjikent va Go‘ro‘g‘li ko‘chalarida, shuningdek Sattepo mavzesida ishga tushirildi.

Bu esa ushbu xududda 3G tarmog‘i imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Qo‘shimcha stansiyalarning ishga tushishi mobil internetning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi, deb xabar bermoqda Beeline.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!