Beeline Toshkent restoranlarida Wi-Fini ishga tushiradi

Beeline Toshkent restoranlarida Wi-Fini ishga tushiradi

Mamlakatning yirik aloqa operatorlaridan Beeline Toshkent shahridagi “Yolki-palki” va Brauhaus restoranlarida hamda Poytaxt savdo-ko‘ngilochar markazida Wi-Fi xizmatini ishga tushirdi. Endi Beeline abonentlari Wi-Fi paketlaridan foydalanib tezkor internetdan bahramand bo‘ladilar (narxlar: 30 daqiqasi 1,99, 60 daqiqasi 2,99 va 180 daqiqasi 4,99 dollar).

Unitel tijorat direktori Maksim Yefremov Beeline mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirishi haqida axborot berdi. Internetdan faqat Beeline abonentlari oldindan hisob-kitob asosida foydalana oladilar. Mijoz hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ yechib olinadi, agar o‘z hisobida internet trafik bo‘lsa, u saqlanib qoladi. Tarmoqning nomi Beeline Wi-Fi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!