Beeline Toshkent shahridagi 4G tarmog‘i qoplamining xaritasini e’lon qildi

Beeline Toshkent shahridagi 4G tarmog‘i qoplamining xaritasini e’lon qildi

Yaqinda saytimizda Beeline mobil operatori tomonidan joriy etilgan 4G internet paketlari haqida xabar qoldirgan edik. Kuni kecha O‘zbekistondagi eng yirik mobil operator o‘z saytida Toshkent shahridagi 4G tarmog‘i geografiyasini e’lon qildi. Xaritada poytaxtning qaysi qismlarida 4G tarmog‘ining ishlashini ko‘rish mumkin.

Xaritadan ma’lum bo‘lganidek, Toshkentning markaziy qismlari, Mirzo-Ulug‘bek tumanining katta qismi, Yunusobod, Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qismi, shu bilan birga shaharning boshqa tumanlari LTE tarmoq bilan qoplangan. Operator saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 4G tarmog‘ining tezligi o‘rtacha 37,5 Mbit/soniyani tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Beeline 4G tarmog‘idan foydalanish uchun LTE SIM-karta va ushbu tarmoq standartini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon zarur bo‘ladi. Shuningdek, operatorning 4G tarmog‘ida faqat internetdan foydalanish mumkin. Qo‘ng‘iroq vaqtida telefon 4G standartidan 2G/3G tarmog‘iga o‘tadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!