Beeline Toshkent viloyatida tarmoqni kengaytirdi

Beeline Toshkent viloyatida tarmoqni kengaytirdi

Beeline aloqa operatori Toshkent viloyati hududida 3G tarmog‘i hajmi va doirasi kengaygani haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Kompaniya xizmatlarining yaxshilanishi – bizning ustuvorligimizdir, va 2016 yilda tarmoqni kengaytirishga biz katta ahamiyat qaratdik. Bizning mutaxassislarimiz aholini ishonchli va sifatli aloqa bilan ta’minlash yo‘lida doimiy ravishda ish olib bormoqdalar, buning uddasidan chiqishning eng yaxshi usuli esa – yangi antennalarni o‘rnatish”.

Yangi baza stansiyalari Zangiota va O‘rta-Chirchiq tumanlarida ishga tushirildi, va shu bilan ovozli aloqa va mobil Internet sifati yaxshilandi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!