Beeline Toshkent xo‘jalik sudiga shikoyat qildi

Beeline Toshkent xo‘jalik sudiga shikoyat qildi

“Vimpelkom”ning O‘zbekiston filiali IP OOO Unitel o‘ziga tegishli bo‘lgan radiochastotalarning bir qismi boshqa uyali aloqa kompaniyalarga bo‘lib berilishi munosabati bilan Toshkent Xo‘jalik sudiga murojaat qildi. Sof.uz shu haqda yozmoqda.

Respublika Radiochastotalar kengashi  31 mart kuni 900/1800 MGs diapazondagi radiochastotalarni GSM-operatorlari orasida baravar bo‘lib bergan. Tashkiliy ishlar uchun olti oy vaqt ajratilgan.

“Biz ushbu qaror yuzasidan sudga murojaat qildik, chunki uni yuridik jihatdan asoslanmagan, deb  hisoblaymiz. Yaqinda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, sudning birinchi muhokamasi boshqa sanaga ko‘chirildi”, — dedi suhbatdosh. Uning so‘zlariga qaraganda  RRK qarori boshqa operatorlar foydasiga, Unitelni 30 % chastotalaridan mahrum qilgan.

“Biz ishimizni qayta tashkil qilishimiz uchun, rejalashtirilmagan qo‘shimcha sarmoyalar kiritishimiz kerak. Yaqin orada chastotalarning olib qo‘yilishi esa – aloqa sifatini yomonlashtiradi”, — dedi Unitel RIA Novosti agentligiga.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning OAO “Vimpelkom” kompaniyasi 2006 yilning fevral oyida, asosan Toshkentda faoliyat yuritayotgan OOO Unitel va IP OOO “Bakri Uzbekistan Telekom” (“Buztel”) GSM-operatorlarini sotib oladi. Shartnoma umumiy qiymati 260 million dollarni tashkil qildi.

“Vimpelkom” O‘zbekistonda 2006 yildan buyon “Bilayn” breni ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Operatorning litsenziyasi 2031 yilga qadar amal qiladi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, operator abonentlari soni 9,5 million abonentni tashqil qildi, tarmoqni rivojlantirish uchun kiritilgan sarmoyalar miqdori 150 million dollarni tashkil qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!