Beeline Wi-Fi xizmati Samarqandda kengaymoqda

Beeline Wi-Fi xizmati  Samarqandda kengaymoqda

Beeline aloqa operatori Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 144a manzili bo‘yicha joylashgan Fresco kafesida Wi-Fi xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Endilikda Beeline abonentlari tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog‘ida trafik cheklanmaydi.

Beeline‘ning avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan yechib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!