Beeline Wi-Fi xizmatidan Qo‘qonda ham foydalanish mumkin

Beeline Wi-Fi xizmatidan  Qo‘qonda ham foydalanish mumkin

Beeline aloqa operatori Qo‘qonda Wi-Fi xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Endi Beeline abonentlari “Daymond Texniks” savdo markazida, Qo‘qon pedagogik kolleji va Qo‘qon pedagogik institutida tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog‘ida trafik cheklanmaydi.

Beeline‘ning xabariga ko‘ra avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan yechib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Tafsilotlar Beeline saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!