Beeline Xorazmda tarmoqni kengaytirdi

Beeline Xorazmda tarmoqni kengaytirdi

Beeline aloqa operatori Unitel’ning G‘arbiy hududiy filiali hududida 3G tarmog‘i hajmi kengaygani haqida xabar beradi. Navbatdagi tarmoq kengayishi natijasida Xorazm viloyatida signal sifati yaxshilandi, deb xabar qildi Beeline.

“Urganch shahrida, shuningdek Urganch tumanida qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatildi. Telekom-aloqa bozoridagi innovatsion yetakchilikni mustahkamlagan holda, abonentlarimizni ishonchli va sifatli aloqa bilan ta’minlash uchun mutaxassislarimiz tarmoq rivojlanishi va uning hajmini kengayishi ustida doimiy ravishda ish olib bormoqdalar”, – dedi Unitel‘ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!