Beeline yangi spam holatlari haqida ogohlantiradi

Beeline yangi spam holatlari haqida ogohlantiradi

Beeline aloqa operatori shu kunlarda takrorlanayotgan va aloqa kompaniyalari abonentlariga qaratilgan SMS-spam haqida ogohlantiradi.

Beeline axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarining aniqlashlaricha umumiy spam-hujumning maqsadi uyali moslamaga xavfli dasturni o‘rnatish va keyinchalik uni manzil kitobidagi barcha raqamlarga havfli ssilka (havolani) tarqatish. Ya’ni, abonent ko‘rsatilgan havola bo‘yicha o‘tsa, uning raqamlar ro‘yhati firibgarlarning qo‘liga tushadi. Buning natijasida abonentlar shaxsiy ma’lumotlarini, pul mablag‘larini yo‘qotishi, havfli dasturni uyali moslamasiga yuklab olishi, hamda spam-ro‘yhatga raqami tushib qolishi mumkin.

Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan mazmundagi SMS xabarni olganingizda, zinhor berilgan havola orqali o‘tmasligingizni so‘raymiz, shunchaki uni o‘z uyali moslamangizgan o‘chirib tashlang. Hozirgi paytda ushbu sayt Beeline abonentlari uchun bloklangan. Xavfli dastur mavjud havolaning manzili o‘zgarishi mumkin.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!