“Buzton” MChJ QK Bosh direktori iste'foga chiqmoqda

“Buzton” MChJ QK Bosh direktori iste'foga chiqmoqda

“Beeline” aloqa operatori “Buzton” MChJ QK Bosh direktori Oraz Abdurazakov diqqat-e’tiborini o'z nashriyot loyihalarini amalga oshirishga qaratgan holda 19 iyuldan o'z ish faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabar beradi.

“Bu qarorga kelish men uchun oson bo’lmadi, biroq men buning to'g'ri ekaniga ishonaman. So'nggi yillarda men vaqtimni karyera bilan  yozuvchilik orasida bo’lishga majbur bo'ldim, shuning uchun tanlov qilish vaqti keldi va men tanldim. Bir necha kun avval “Eksmo” nashriyotida “D’Artanyan qilichi, yoki Bir yil o’tgach” romanim nashr etildi, va men biznesdan bir ozga bo’lsa ham ketish uchun o’zimga bergan muddatimning eng so’nggi vaqti edi. Kelgusi oylarda adabiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, yangi kitobni targ'ib qilish ustida ishlamoqchiman. Men “Buzton” jamoasiga yillar davomidagi faoliyat uchun va rahbar sifatida birinchi kundan so'nggi kungacha doimiy qo’llab-quvvatlashni his qilganim uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman”, – dedi Oraz Abdurazakov. 

Voqeani sharhlar ekan, “O'zbektelekom” AK Bosh direktori Nazirjon Xasanov shunday dedi: “Buzton” QKning asoschilaridan biri sifatida men bunday tajribali menejer bilan xayrlashishdan afsusdaman. Umid qilamanki, Oraz telekommunikatsiya sohasini abadiy tark etmaydi, chunki soha bunday kuchli mutaxassislarga muhtoj. Men chin qalbimdan Orazga yangi ijodiy cho'qqilarni zabt etishini tilab qolaman, biz esa o'z hamkasbimizning muvaffaqiyatlarini diqqat bilan kuzatib boramiz”.

Shu bilan birga, Oraz 2008 yil dekabr oyidan beri egallagan “Unitel” MChJ ning tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo'yicha direktori lavozimini ham bo’shatmoqda.

“O'n yildan ziyod vaqt mobaynida men “Beeline” brendi bilan shug'ullandim. Kompaniya bilan birgalikda yetakchilikga qaratilgan murakkab, ammo qiziqarli yo'l bosib o’tdim. “Unitel”ning bugungi kunda bozorda kuchli pozitsiyaga egaligi, shuningdek, sohaning eng yirik investori va texnologik yetakchi ekanidan xursandman. “Beeline” nomidan  O'zbekistonga 3G, 4G va 5G texnologiyalari, shuningdek, hayratlanarli ijtimoiy loyihalarni taqdim qilganim men uchun katta sharafdir. Asosiysi, kompaniyaga rivojlanish tempini va o’z abonentlariga bo'lgan sadoqatini saqlab qolishni tilab qolaman”, – dedi Oraz Abdurazakov.

“Unitel” MChJ bosh direktori Sergey Afonin: “Men Orazdan  jamoasi bilan birgalikda “Beeline” ning hozirgi ijobiy qiyofasini shakllantirgani uchun juda minnatdorman. Bizning korporativ aloqalarimiz uning kundalik faoliyati bilan chambarchaz bog'liqdir va men ularni shunday yuqori darajada saqlab qolinishiga umid qilaman. Bundan tashqari, men bevosita Orazning hukumat, parlament va regulyator o'rtasida barqaror konstruktiv muloqotni o'rnatishdagi o'ziga xos xizmatlarini alohida ta'kidlashni istardim, shuningdek Orazga yozuvchilik sohasida muvaffaqiyatlar tilayman”.

ЎҚИНГ: Қўшни мамлакатда барча йирик қидирув сайтлари блоклaнди

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!