Bepul Wi-Fi soni bo‘yicha Moskva ikkinchi o‘rinda

Bepul Wi-Fi soni bo‘yicha Moskva ikkinchi o‘rinda

PricewaterhouseCoopers konsalting kompaniyasi ekspertlari ko‘chalardagi bepul Wi-Fi punktlari soni bo‘yicha Moskvani ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rishdi. Birinchi o‘rinda Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri.

m24.ru sayti xabar berishiga ko‘ra, Nyu-York, Tokio va Singapur beshlikka kirgan.

Moskva hokimiyati butun shahar bo‘yicha yagona Wi-Fi tarmog‘ini yaratishni maqsad qilgan. Hozir metroda, ayrim yo‘nalishlardagi avtobuslarda va ba’zi bekatlarda bepul Wi-Fi bor. Bundan tashqari 10ta parkda ham bepul Wi-Fi mavjud. Bu tarmoqqa smartfon, planshet yoki noutbuk vositasida bog‘lanish uchun Mosgortrans_Free ulanishni topgach, SMS yordamida avtorizatsiya qilinadi.

Avvalroq, Moskva transport departamenti yerusti transportlari bekatlariga Wi-Fi o‘rnatishni boshlagan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!