Betmen hayron: Kaliforniya instituti ko‘rshapalak-robot yaratdi

Betmen hayron: Kaliforniya instituti ko‘rshapalak-robot yaratdi

Kaliforniyaning texnologiya institutida xizmat qiladigan tadqiqotchilar uchish mexanizmi ko‘rshapalakka o‘xshaydigan uchar robot yaratishdi, deb yozmoqda IXBT nashri institut saytiga tayanib.

Hasharotlar va qushlarga qaraganda ko‘rshapalaklar yanada murakkabroq harakatlarni bajara oladi. Shuning uchun ham ko‘rshapalakka o‘xshab parvoz qiladigan qurilmani yaratish robototexnikadagi qiyin vazifalardan hisoblangan. Mutaxassislar buni amalga oshirish uchun biroz omon yo‘lni tanlashdi: ular robotning qanotiga 9 ta bo‘g‘imni joylashtirishdi, tirik ko‘rshapalakning qanotida esa qirqdan ortiq bo‘g‘im mavjud.

Har bir qanotni alohida boshqarish imkoniyati tufayli robot bir qadar murakkab manyovrlarni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, bunday funksiya qanotlarni harakatlantirmasdan uchadigan qurilmalarga qaraganda kamroq energiya sarflashga yordam beradi. Albatta, hali robotni amalda qo‘llashga ancha  vaqt bor: robotning og‘irligi oshirib yubormaslik uchun unga hozircha kuchliroq batareya o‘rnatishning imkoni yo‘q, shu bois parvoz vaqti juda chegaralangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!