Bezorilar Facebook ofisiga hujum uyushtirib “dizlayk” qoldirib ketishdi

Bezorilar Facebook ofisiga hujum uyushtirib “dizlayk” qoldirib ketishdi

Noma’lum bezori-vandallar Facebookning Gamburgdagi shtab-kvartirasiga hujum qilgan. Devorda esa “Facebook Dislike” yozuvini qoldirib ketgan.

Hujum natijasida bino old derazasi va eshiklari oynasi sindirilgan. Oyna siniqlarida va yo‘lda qizil bo‘yoqli bomba izlari bor. Ofisga qora kiyimli 15-20 shaxs hujum qilgan.

Taxminlarga ko‘ra, bu ko‘ngilsizlik Facebook rahbari Mark Sukerbergning musulmonlarni himoya qilishi yuzasidan bergan bayonotiga norozilik tariqasida sodir etilgan bo‘lishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!