Nemislar yana olamni hayratga soldi! BionicFlyingFox-mustaqil o‘rganish funksiyasiga ega uchuvchi robot

Nemislar yana olamni hayratga soldi! BionicFlyingFox-mustaqil o‘rganish funksiyasiga ega  uchuvchi robot

Germaniyaning Festo kompaniyasi yana olamni hayratga soldi. Bu safar uchuvchi BionicFlyingFox robotini taqdim etdi. Mazkur kompaniya ishlab chiqaruvchilarining estetik yondashuvlari haqida ko‘p ma’lumotlar berilgan. Aniq qilib aytganda, ularning robotlari, kapalaklar, chumolilar, o‘rgimchaklar, ninachilar va boshqalar ko‘rinishidagi haqiqiy san’at asarlaridir, biroq ular hayotdagi muhim funksiyalari bilan alohida farq qilmaydilar.

Картинки по запросу BionicFlyingFox

Qurilmaning umumiy uzunligi 87 sm, qanotlari 228 sm, umumiy og‘irligi 580 g, qanotlari ishlab chiqarilgan material juda yengil, ammo ayni paytda, chidamli va baquvvat.

Materiallar tarkibi: 2ta suv o‘tkazmaydigan qatlam va 1ta matoning o‘rta qatlami. Barcha qatlamlar 45ta aniqlovchi nuqtada maxsus payvandlash bilan bog‘langan. Materiallar juda elastik va bardoshli bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p qavatli qatlamga egaligi sababli robot qanotlari hatto biroz shikastlanishi, juda mayda yoriqlar paydo bo‘lishi ham deyarli mumkin emas. Robot shikastlangan qanotlari bilan ham ucha olishi mumkinligini ham unutmaslik kerak. Wing BionicFlyingFox qanotlari bir-biriga ulangan ikkita yaxlit materialdan iborat. Biroq uning qanotlarini kuchlantiradigan alohida boshqaruv richagi va kichik dvigatellar mavjud. Robot deyarli to‘la avtonom va o‘z energiya manbaiga ega. Biroq operator qurilma korpusidagi kameralar orqali qurilmani boshqarishi mumkin. Shuningdek, tizim sun’iy aql texnologiyasi va o‘zini-o‘zi o‘rganish funksiyalarini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni har qanday vaziyatda robot har safar yaxshi va yanada yaxshiroq ishlaydi.

O‘QING: Kutib oling: smartfon-terminator. U suv ostida ham ishlay oladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!