Bir manzarani Canon 5D Mark III, Google Pixel 2 XL va iPhone X bir vaqtda suratga olib ko‘rdi

Bir manzarani Canon 5D Mark III, Google Pixel 2 XL va iPhone X bir vaqtda suratga olib ko‘rdi

Qaysi biri suratkashlikda eng yaxshi: flagman smartfonlarmi yoki professional fotoapparatmi? iMore nashri xodimlari buni o‘tkazilgan maxsus sinov yordamida aniqlashtirib oldilar.

Optik elementlar va raqamli texnologiyalar birikuvidan hosil bo‘lgan bugungi fotografiya — plyonka texnikasidan so‘ng o‘tilgan bugungi "sun’iy ong"li kameralar davridagi yirik innovatsiya bo‘ldi. Bugun barcha jarayonni mashinalar bajarmoqda.

Apple iPhone X 2 ta 12 megapikselli sensorlari bilan kuchli bosh kameraga ega bo‘lgan. Bosh kameradagi har ikkala sensor optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa video tasvirga olishda qo‘l keladi. Xususan, bosh kamera sekundiga 60 ta kadr mavjud 4K video suratga oladi.

Bosh sensor f/1.8 diafragmali yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Telefoto uchun esa f/2.4 aperturali linza tanlangan. Bu esa yorug‘lik past sharoitda yorqin surat olish uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, 4 tusli LED fotochaqnog‘i surat sifatli chiqishi uchun jonbozlik ko‘rsatadi.

Google Pixel 2 XL bosh kamera aniqligi 12 megapikselli, old kamera esa 8 megapikselli. Dual-pixel sensorlarga ega modullar hisobiga orqa fonni g‘ira-shira qilish mumkin.

Kamera bir vaqtning o‘zida ham elektron, ham optik barqarorlashtirish tizimlariga ega bo‘lgan. Bu esa har qanday sharoitda qo‘lda yaxshi tasvirlar olish imkonini beradi. Mazkur texnologik xususiyat hozircha bozordagi biror smartfonda yo‘q.

Endi "Portret" rejimi ham old, ham bosh kamerada joriy qilingan. Ahamiyatli jihati shundaki, endi bu rejimda nafaqat odamlarni, balki binolarni ham orqa fonini xiralashtirib suratga olish mumkin.

Canon 5D Mark III kamerasi esa 50 mm hajmidagi ob’yektivi hamda f/ 1,4 standartidagi, eng tezkor yorug‘lik taqsimlovchi diafragmasi bilan o‘ziga xos. Bu fotoapparat taassurotli surat olishi bilan ko‘pchilik professionallar tomonidan e’tirof etilgan.

Quyidagi suratlar sifatiga o‘zingiz baho bering.

Canon'da olingan surat:

Apple iPhone X'da olingan surat: 

Pixel 2 XL'da olingan surat: 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.