Bir oyda qancha iPhone X sotilgani ma’lum bo‘ldi

Bir oyda qancha iPhone X sotilgani ma’lum bo‘ldi

AQSh da xarid qilingan iPhone X flagmanini yetkazib berish muddati yanada qisqardi. Endi xaridor flagmanni pul to‘lagach 5 ish kunida qo‘liga olishi mumkin.

Noyabrning so‘nggi kunlarida ham bu 1-2 haftani tashkil qilayotgan edi. Aftidan, kompaniya eng ilg‘or flagman bilan bog‘liq tanqislikni bartaraf qilisha muvaffaq bo‘layotgan ko‘rinadi.

Shu bilan birga, boshqa mamlakatlarda ham iPhone X smartfonini yetkazib berish muddati ham qisqargan. Misol uchun, noyabr oxirlarida xaridorga iPhone X 2-3 hafta ichida yetkazib berilgan bo‘lsa, endi mijozlar uzog‘i bilan 1-2 hafta kutishmoqda.

O‘qingiPhone X muhokama markazida: ishlab chiqarishdagi braklar

Apple iPhone X ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlari bilan faol ishlamoqda va smartfon ishlab chiqarish ko‘lamini keskin oshirib yuborgan.

Oktyabrda taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasi 2017 yilda 20 million dona iPhone X chiqaradi. Bu esa rejadagidan 2 barobar kam degani. Shundayb o‘lsa ham, avvalgi ayfonlar bilan solishtirganda, ishlab chiqarish sur’ati 4 marotaba yuqori. Boisi, kompaniya avvalgi yillarda haftasiga 100 ming dona yangi ayfon ishlab chiqargan.

KGI Securities kompaniyasi tahlilchichi Ming-Chi Kuoga ko‘ra, kompaniya LCP LTE antenna modullarini hamda kamera tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 3 noyabrdan boshlab bugungi kunga qadar jahon miqyosida 13 mln iPhone X sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Malika"da ham iPhone X seriyasiga mansub modellar sotilmoqda:

iPhone X (64 Gb, silver, grey) – 10 701 000 so‘m;

iPhone X (256 Gb, silver, grey) – 12 751 000 so‘m.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!