Bir xillikdan zerikdingizmi?

Bir xillikdan zerikdingizmi?

Fon rasmi smartfonlarimizning asosiy ekran qismiga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Buning ustiga, fon har doim ko‘rinib turadi, shuning uchun, ko‘plab foydalanuvchilar uning tanloviga juda sinchkovlik bilan yondashishadi.

Garchi siz o‘zingizni bunday toifada hisoblamasangiz ham, ekraningiz ko‘rinishini biroz o‘zgartirish zarar qilmaydi. Quyida sevimli smartfoningiz uchun ekran tasvirlarini tanlashga yordam beradigan ilovalar haqida ma’lumot beramiz.

Walli

Ro‘yxatimizdagi birinchi dasturni hozirgi paytda eng yaxshi rasm to‘plamlaridan biri deyish mumkin. Ilova yaratuvchilari o‘z nuqtai nazariga ko‘ra rassomlar va dizaynerlarning eng yaxshi ishlarini tanlagan va ularni Android gadjetlari bilan ishlashga moslashtirgan. Ilova interfeysi juda sodda va tushunarli, rasmlarning kategoriyalar bo‘yicha toifalarga ajratilganligi esa kerakli fonni topishda qulaylik yaratadi.

Yuklash: Walli

Wallpapers by Google 

Bu Google'ning o‘zidan fon rasmlarini o‘zgartirish imkonini beruvchi uchun dastur. U Google Earth va boshqa ko‘plab manbalardan olingan keng qamrovli rasmlarga ega. Asosiy va qulf ekraniga alohida rasmlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ilova orqali o‘rnatish mumkin. Fon rasmlari landshaft, shahar manzaralari, abstrakt, geometrik shakllar va boshqa kategoriyalarga ajratilgan. Bundan tashqari, “kunlik yangi oboy“ funksiyasi mavjud bo‘lib, faollashtirilganda turli kategoriyalar bo‘yicha oboylarni har kuni o‘zgartirib turadi.

Yuklash: Wallpapers by Google

Resplash

Resplash mashhur unsplash.com tasvir izlash xizmati asosida ishlaydi. Bu ilovada 800 mingdan ortiq HD fon rasmlari mavjud. Mukammal foydalanuvchi interfeysi bu ilovaning o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Bundan tashqari, ilovada AMOLED displeylar uchun qora fon ham mavjud.

Yuklash: Resplash

Muzei Live Wallpaper 

Muzei Live Wallpaper - jonli fon rasmlarini taqdim etadi. Jonli va harakatsiz fon rasmlarining keng to‘plamiga qo‘shimcha ravishda, Muzei Live Wallpaper'ning ochiq kodli ilova ekanligi ba’zi foydalanuvchilar uchun muhim bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ilova Android Wear'larda ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Yuklash: Muzei Live Wallpaper

Tapet

Tapet - bu fon rasmlarini yuklash va o‘rnatish borasida o‘ziga xos ilova. U fon rasmlarini Internetdan yuklab olmaydi, algoritmlardan foydalangan holda ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilmangizda yaratadi. Siz shuningdek ilovani yangi fon rasmlari ma’lum davriylikda paydo bo‘ladigan qilib sozlashingiz mumkin.

Yuklash: Tapet

Backgrounds HD

Backgrounds HD - bu 100 milliondan ortiq fonga ega eng yaxshi bepul Android ilovalaridan biri. U 30 dan ortiq turli kategoriyalarga ega keng fon rasmlarini o‘z ichiga oladi. Fon rasmini o‘rnatishdan oldin rasmni qirqishingiz, ba’zi filtrlarni o‘rnatishingiz, tasvirni aylantirish va boshqa funksiyalardan foydalanishingiz mumkin.

Yuklash: Backgrounds HD

Backdrops

Backdrops - bu yuqoridagi ilovalardagi funksiyalar va ularga qo‘shimcha tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan ajoyib ilova. Backdrops bilan turli xil qurilmalarni sinxronlash, ya’ni bir xil fon rasmini barcha gadjetlaringizga o‘rnatish mumkin.

Yuklash: Backdrops

Abstruct

Abstruct oldin OnePlus interfeysi dizaynini ishlab chiqishda qatnashgan mutaxassis tomonidan yaratilgan. Android ilovasida 4K rezolyusiyali 300 dan ortiq rasmlar mavjud. Bu unchalik ko‘p emasdek tuyulishi mumkin, ammo chizmalarni tashkil etadigan mavhum shakllar va tasvirlarning sizning didingizga mos kelishi ehtimoli yuqori. Faqat, ba’zi fon rasmlari qulflangan va ularni ochish uchun pul to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.

Yuklash: Abstruct

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Yangisidan bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!