Bir yillik kafolatli Meizu M6 Note narxlari (2018 yil 10 aprel)

  •   DiMaX
  •  4070
  •  10.04.2018 10:56

Bir yillik kafolatli Meizu M6 Note narxlari (2018 yil 10 aprel)

Meizu brendi mahsulotlari O‘zbekiston bozorida ham kafolat bilan rasman savdoga chiqqani haqida xabar bergan edik. Ushbu kompaniya smartfonlari ajoyib sifat va narx uyg‘unligiga ega.

O‘QING: Xushxabar: Meizu smartfonlari «Malika»da rasmiy kafolat bilan sotila boshladi!

Meizu brendining M6 Note modeli – bu o‘rtacha smartfonlar segmentida haqiqiy inqilobiy gadjet hisoblanadi. Kuchli protsessor, ajoyib kamera, katta sig‘imli akkumulyator, 5,5 dyuymlik ekran, yuqori sifat va hamyonbop narx – ushbu smartfonning ustun jihatlaridir.

Yorqin selfilar olishni xush ko‘rasizmi? U holda 16 megapikselli old kamera sizning xizmatingizda! 12 va 5 megapikselli modullarga ega bo‘lgan qo‘shaloq asosiy kamera ham o‘zingizni suratkash sifatida kashf etishingizga ko‘maklashadi.

Mobil o‘yinlarga qiziqasizmi? Meizu 6 Note fableti 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625 chipi va baquvvat Adreno 506 grafik protsessorlari bilan jihozlangan. Istasangiz 10 soat tin olmay o‘ynashingiz mumkin – sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lgan batareya bunga imkoniyat yaratadi.

O‘zbekistonda Meizu M6 Note smartfonining turli xotiraga ega talqinlari uchun tavsiya etilgan narxlar quyidagicha:

M6 Note 3/16 GB – 1 525 000 so‘m

M6 Note 3/32 GB – 1 700 000 so‘m

M6 Note 4/64 GB – 2 050 000 so‘m

Elektronika mahsulotlari bozorlarida Meizu M6 Note modelini so‘rang, ajoyib narxlarda xarid qiling va uning keng imkoniyatlaridan bahra oling!

O‘QING: MDC, Meizu, OnePlus, Alcatel va Mandalina smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 7 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!