TUIT Mobile uyali aloqa operatori ishga tushirildi

TUIT Mobile uyali aloqa operatori ishga tushirildi

Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Beeline‘dan TUIT Mobile‘ning yangi texnologik laboratoriyasida uyali aloqa operatorlari uskunalari bilan ishlashni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

3G va 4G tarmoqlarida maxsus o‘rnatiladigan tayanch stansiyalari yordamida talabalar TATUning asosiy binosi hududida real vaqt tizimida mobil aloqa faoliyatini mustaqil ravishda ta’minlay olishadi.

Tantanali ochilish marosimida Beeline‘ning Toshkent hududiy filiali mutaxassislari TATU talabalari bilan birgalikda sinovli aloqani amalga oshirdilar va tayanch stansiyalarini ishga tushirdilar.

“Universitet uchun bu nafaqat korporativ laboratoriyani tashkil qilinishi, balki kelajak mutaxassislar uchun «ochiq maydon» bilan bir xil sharoit yaratib beradigan misli ko‘rilmagan holatdir. Universitetning nazariy asoslari ilg‘or ishlab chiqarish amaliyotidan orqada degan fikr bor, biroq TUIT Mobile talabalarga bugungi kunda eng yetakchi uyali aloqa operatorlari ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan ishlash imkonini beradi. Ya’ni, ertaga uyali aloqa kompaniyasida ishlash uchun kelgan TATU bitiruvchilari qo‘shimcha malaka oshirish kurslarisiz o‘zlariga tanish bo‘lgan dasturiy komplekslar bilan ishlay oladilar. Biz uzoq vaqt mobaynida «Beeline» bilan hamkorlik qilamiz, mana o‘tgan yili biz yangi talabalar yotoqxonasini sovg‘a sifatida oldik, «Uchinchi avlod» dasturida ham faol hamkorlikdamiz. Albatta, biz uchun bu nafaqat yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash uchun yangi resurslar olish imkoniyati, balki iqtisodiyotning istiqbolli sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan innovatsion, zamonaviy universitetga aylanish yo‘lidagi vektordir”, – deydi Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev.

Unitel MChJ texnik yo‘nalishdagi mutaxassislarning 30 foizga yaqini TATU bitiruvchilari ekanini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan, ya’ni universitet nafaqat ta’lim poydevori, balki yirik uyali aloqa operatorining mutaxassis kadrlar o‘chog‘I tarkibiga kiradi. Mazkur loyiha haqida Beeline Uzbekistan bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi:

“Bugun biz Beeline tarmog‘ida ishlatiladigan uskunalarga asoslangan hududdagi birinchi mobil aloqa operatorining ishga tushirilganiga guvoh bo‘ldik. TUIT Mobile to‘liq komplektatsiyaga ega: BaseBand Unit (signal ishlab chiqarishni ta’minlovchi blok), Remote Radio Unit (tashqariga chiqariladigan radioblok), antenna-fiderli trakt, transmissiyali bo‘lim, quvvatni boshqarish bo‘limi. Boshqacha qilib aytganda, bu trening yoki test uskunasi emas, balki butunlay mustaqil texnologik o‘rnatuv. Biz, albatta, faqat asbob-uskunalarni o‘rnatish bilan cheklanmaymiz. Bugun biz uchun universitet bilan hamkorlikning yangi sahifasi ochiladi: biz ushbu uskunada III va IV kurs talabalarini muntazam ravishda o‘qitishni, keyinchalik Beeline‘ga ularni ishga olishni rejalashtirmoqdamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday ijtimoiy hamkorlik bir vaqtning o‘zida ikki vazifani hal etadi: universitetdan keyin yosh mutaxassislarni qayta tayyorlashga ehtiyoj bo‘lmaydi va TATU mehnat bozorida bitiruvchi talabalarning raqobatbardoshligini sezilarli darajada yaxshilaydi”.

TATU rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya telekommunikatsiya sohasidagi barcha mutaxassislik bo‘yicha talabalar uchun amaliy mashg‘ulotga aylanadi va mutaxassislar bilan mashg‘ulotlar laboratoriya ishi shaklida o‘tkaziladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.