Birinchi iPod pleyeri taqdim etilganiga 15 yil bo‘ldi

Birinchi iPod pleyeri taqdim etilganiga 15 yil bo‘ldi

Bundan 15 yil muqaddam, 2001 yilning 23 oktyabr kuni AQShning Apple kompaniyasi iPod markasidagi musiqiy pleyerni namoyish qilgan edi. Bu orqali Kupertino giganti MR3-pleyerlar  segmentini butunlay yangi pog‘onaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi va “olma” foydalanuvchilari yangi mobil gadjetga ega bo‘ldilar. Ilk iPod pleyerlari 5 GB va 10 GBli xotira sig‘imi bilan taklif etilgan.

2003 yilda iPod pleyeriga iTunes xizmatini qo‘llab-quvvatlash funksiyasi joriy etilgach, pleyerning ommabopligi yanada kuchayib ketdi.

5P3RtT21z1z1EknTLKOQvhMh2i1A5ubE

Keyinchalik Apple bir qator yangi iPod versiyalarini (mini, nano, shuffle, classic i touch) sotuvga chiqardi. Phonearena saytining ma’lum qilishicha, ilk iPhone’dan bir yil o‘tib e’lon qilingan katta sensorli displeyga ega bo‘lgan aynan iPod touch gadjeti kompaniya tarixidagi eng mashhur pleyerga aylandi.

O‘tgan yili namoyish etilgan oltinchi avloddagi iPod touch ushbu seriyadagi qurilmalarning eng so‘nggi versiyasi hisoblanadi. Shubhasiz, ushbu gadjet afsonaviy Stiv Jobsning mashhur qurilmalaridan bo‘lgan, desak yanglishmaymiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!