Birinchi ko‘zi ojizlar smartfoni savdoga chiqdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1663
  •  06.01.2020 16:46

Birinchi ko‘zi ojizlar smartfoni savdoga chiqdi (+video)

Ko‘rish qobiliyati kuchsizlangan yoki butunlay yo‘qolgan insonlar uchun ilk marotaba Hindistonda smartfon ishlab chiqarildi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Facebook sahifasiga tayanib Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Microsoft ko‘zi ojizlar uchun mobil ilova yaratdi (+video)

Science Debate nashrining yozishicha, Shikun Sun deb nomlanuvchi ushbu telefon korpusida Brayl shrifti qo‘llangan. Smartfonda ishlatilgan «Shape Memory Alloy» texnologiyasi shaklni xotirlash effekti (ayrim materiallarning dastlabki o‘zgarishdan keyin qizdirilsa yana avvalgi holatiga qaytish xususiyati)ga qurilgan.

Smartfon ekrani, agar uni shunday atash mumkin bo‘lsa, talab bo‘yicha tepadan pastga qarab joylangan kontaktlar tarmog‘idan iborat turli kontaktlar muayyan harflar yoki simvollarni anglatadi.

O‘QING: Rossiyalik olimlar ko‘zi ojizlar uchun ilg‘or elektron darslik yaratishmoqda

Mana, Shikun Sun smartfonini «jonli» videoda o‘zingiz tomosha qiling:

 

Ekran o‘ziga xos tarjimon vazifasini bajaradi – oddiy, hammaga ma’lum harflardagi matnni Braylga yoki teskarisiga o‘girib beradi.

O‘QING: Apple asoschisi Moskvada: «Barcha ko‘zi ochiqlarni ko‘rga aylantiribmiz»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!