Bizda qishloq aholisi arang 3G ishlatayotgan bir paytda, Oyda ...

Bizda qishloq aholisi arang 3G ishlatayotgan bir paytda, Oyda ...

Yerdagi telekommunikatsiya operatorlari o‘rtasidagi raqobat o‘ta kuchli bo‘lgan bir paytda, mobil uskunalar ishlab chiqaruvchi Nokia kompaniyasi o‘z xizmat qamrovini yangi bozorga kengaytirayotganini ma’lum qildi. Gap shundaki, Nokia Oyga ilk mobil aloqa tarmog‘ini o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Xitoyliklarning Oydagi dehqonchiligi kasod bo‘ldi – hammasi muzlab qoldi!

Fin kompaniyasining ma’lum qilishicha, NASA uni «o‘ta kompakt, past quvvatda ishlovchi, radiatsiyadan himoyalangan» simsiz 4G tarmog‘ini Oy yuzasiga o‘rnatish uchun hamkor sifatida tanlagan. AQSh Kosmik agentligi 2030 yilga qadar Oyda odamzotning uzoq muddat istiqomat qilishiga erishishni reja qilgan. Ushbu harakatlar aynan mana shu rejaning bir qismi o‘laroq amalga oshirilmoqda.

NASA va Nokia o‘rtasida imzolangan 14.1 million dollarlik shartnoma puli Nokia'ning AQShdagi filialiga taqdim qilingan. Ta’kidlash kerakki, ushbu kelishuv NASAning Artemis dasturining bir qismi hamdir. Dasturga ko‘ra, 2024 yilga qadar Oyga ilk ayol va navbatdagi erkak kosmonavtni yuborish maqsad qilingan.

Kosmonavtlar mufassal tajriba va o‘rganish ishlarini olib boradi. Agentlikning umid qilishicha, olingan natijalar, shuningdek, insoniyatning Marsga bo‘lgan ilk missiyasini amalga oshirishda ham qo‘l keladi.

Nokia'ning tarmoq uskunalari oy bunkeridan foydalangan holda Oy yuzasiga masofadan turib o‘rnatiladi. Bunker Intuitive Machines tomonidan 2022 yil oxirlarida ishlab chiqariladi.

«Qurilib bo‘lgach, tarmoq o‘z-o‘zini konfiguratsiya qiladi», deyiladi kompaniya hisobotida. Bunga qo‘shimcha ravishda ta’kidlanishicha, simsiz texnologiya “o‘ta muhim boshqaruv va nazorat funksiyalari, oy «lunoxod»larni masofadan boshqarish, real vaqt rejimida navigatsiya qilish hamda yuqori aniqlikdagi video strimingi” imkoniyatlarini yaratadi.

Nokia'ning yana qo‘shimcha qilishicha, kelajakda Oydagi 4G tarmog‘i o‘rniga 5G antennalari o‘rnatilishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan besh oy oldin Everest tog‘iga ham 5G antennasi o‘rnatilgandi. Markaziy Osiyoda esa faqat Tojikistonda yagona 5G antennasi mavjud.

O‘QING: O‘zbekiston internet erkinligi reytingida so‘nggi o‘nlikdan joy oldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!