Black Shark 5 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Black Shark 5 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Xiaomi bu yili Black Shark 5 seriyasini taqdim etadi. Weibo insayderi Black Shark 5 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Snapdragon 888+ chipi, 144Hz yangilanish va 720Hz sensorli namuna olish chastotasida ishlovchi AMOLED displey hamda 120 vattda quvvat oluvchi 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Ushbu texnik jihatlar o‘tgan yilning so‘nngi choragida taqdim qilingan Black Shark 4S Pro smartfonining texnik ko‘rsatkichlari bilan deyarli bir xil. 

Seriyadagi Black Shark 5 Pro esa Snapdragon 8 Gen1 chipi, 144Hz yangilanish chastotasida ishlovchi QHD+ rezolyusiyadagi displey hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi aytilmoqda. 

Black Shark 4 juftligi o‘tgan yilning mart oyida taqdim etilgan edi. Katta ehtimol bilan yangi seriya ham shu yilning mart oyida taqdim etiladi. 

O‘QING: G‘ilof asosida Redmi K50 Pro'ning renderlari yaratildi