BlackBerry 2016 yilda 3 million dona smartfon sotishni ko‘zlamoqda

BlackBerry 2016 yilda 3 million dona smartfon sotishni ko‘zlamoqda

BlackBerry o‘tgan yilning 4-moliyaviy choragida 600 ming dona mobil telefon apparati sotganini e’lon qildi. Bu esa oldingi yilgi mazkur chorakdagi ko‘rsatkichdan 100 ming donaga kam degani.

Wall Street jurnali kompaniyaning Android tizimidagi smartfonlarni sotuvga chiqarganini inobatga olib, joriy yilda 850 mingta BlackBerry smartfonlari sotilishini bashorat qilgan edi.

BlackBerry kompaniyasi mazkur chorakda $238 million dollar ziyon ko‘rgan. Kompaniya iqtisodiy qiyin vaziyatdan chiqib ketishi uchun 2016 yilda kamida 3 million dona gadjet sotishi kerak bo‘ladi. Kompaniyaning bor umidi esa yangi android smartfondan.

Ammo, BlackBerry’ning Google’ga qarashli, keng tarqalgan Android mobil operatsion tizimdagi smartfonni sotuvga chiqargani kompaniya nufuziga putur yetkazgan va bu savdoga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

2015 yilning oktyabr oyida Android operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi, 5.4 dyuymli  BlackBerry Priv smartfoni $700 dollardan sotuvga chiqarilgan edi. AMOLED texnologiyasidagi sensor ekran, 18 MP bosh kamera, 3 GB tezkor xotirada ishlaydigan Snapdragon 808 protsessori, 3410 mA soat akkumulyatorga ega smartfon xalqaro bozorda mustahkam o‘ringa ega Samsung’ning $700 dollarlik Galaxy S7 hamda LG’ning G5 (taxminan $630dan  $690 dollargacha) kabi mobil aloqa vositalari bilan raqobatga kirishgan.

Ichki jihat va imkoniyatlari raqiblariniki bilan deyarli farq qilmaydigan BlackBerry Priv’ning xavfsizlik tizimi nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!