BlackBerry Key2’ning ustun jihatlari oshkor bo‘ldi, narxi ham

  •   Saroy
  •  2163
  •  07.06.2018 12:49

BlackBerry Key2’ning ustun jihatlari oshkor bo‘ldi, narxi ham

BlackBerry Key2’ning taqdimoti arafasida insayderlardan biri yangi qurilmaning to‘liq tavsifi hamda narxi haqida batafsil axborot berdi.

Smartfon 4.5-dyuymli IPS-displey bilan jihozlanadi, uning formati 1620×1080 pikselli va nisbati 3:2 bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, qurilmaning old tomoniga barmoq izlari skaneri bilan birga QWERTY-klaviaturasi joylashadi. Gadjetning ishlashini Snapdragon 660 protsessori va 6 GB OZU ta’minlaydi. Shuningdek, devays 64 GB yoki 128 GB (konfiguratsiyasiga qarab) xotira bilan ham ta’minlanadi. Agar bu ham kamlik qilsa, uni 256 GB’gacha bo‘lgan  microSD xotira kartasi bilan ham kengaytirish mumkin.

O‘QING: Afsonaviy brend ikkinchi avlod QWERTY-smartfonining namoyish kunini aytdi

Qurilma batareyasi sig‘imi 3500 mAch, yana  QC 3.0 tez quvvatlantiradigan texnologiyasi bilan. Qo‘sh kamerasi 12 Mp (asosiy  modul s f/1.8, ikkinchi darajalisi formati — f/2.6), old kamerasi 8 Mp va Android 8.1 Oreo.

Smartfon bugun - 7 iyunda  Nyu-York shahrida namoyish etilmoqda. Boshqa mintaqalarda qachon paydo  bo‘lishi aytilmayapti, biroq narxi ma’lum – 650 dollar.

O‘QING: Afsonaning qaytishi: BlackBerry Motion rasman taqdim etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!