BlackBerry’ning klaviaturasiz smartfoni – Krypton suratlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  1287
  •  22.09.2017 10:39

BlackBerry’ning klaviaturasiz smartfoni – Krypton suratlari chiqdi

Hozirda TCL rahbarligi ostida faoliyat yuritayotgan BlackBerry kompaniyasi yangi smartfon tayyorlamoqda. Brendning avvalgi asosiy modellaridan farqli ravishda, Krypton deb ataluvchi bu qurilmaning moddiy klaviaturasi – tugmachalari bo‘lmaydi, deb yozadi PhoneArena.

BlackBerry brendining Krypton modeli bilan yana smartfon bozoriga qaytayotgani haqida yaqinda xabar bergan edik. Endi esa shu devays xususida ayrim tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

Ushbu gadjetning korpusi karbondan yasalgan yoki karbonga o‘xshatib ishlangan. Gap-so‘zlarga qaraganda, smartfon IP67 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan. Shuningdek, unga barmoq izi skaneri ham o‘rnatilgan.

TCL bu gadjetni qachon taqdim etishi hozircha noaniq, ammo uning ayrim jihatlari ma’lum bo‘lib ulgurgan:

  • Displey: Full HD sifatdi (o‘lchami noma’lum);
  • Protsessor: Snapdragon 625 yoki 626;
  • Tezkor xotira: 4 GB;
  • Akkumulyator: 4000 mA/soat.

BlackBerry Krypton’ning hatto taxminiy narxi ham ma’lum qilinmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.