BlackBerry Priv smartfoni 21 megapiksel kamera bilan ta’minlanadi

BlackBerry Priv smartfoni 21 megapiksel kamera bilan ta’minlanadi

Internet tarmog‘ida BlackBerry kompaniyasining Android operatsion sistemasi asosida ishlaydigan ilk smartfoni – Priv to‘g‘risida yangi ma’lumotlar tarqaldi.

Xabarlarga ko‘ra, smartfon slaydli korpusga ega bo‘lib, sensorli displeyi ostida tortib chiqariladigan to‘rt qatorli QWERTY klaviaturasi joylashtiriladi. BlackBerry Priv smartfoni 64 razryadli 8 yadroga ega Qualcomm Snapdragon 808 protsessori va Adreno 418 grafik tezlatkichi (videokarta) bilan ta’minlanadi. Operativ xotirasining hajmi esa 3 Gbaytni tashkil etadi.

Avvalroq esa yangi mahsulot Schneider-Kreuznach optikali 18 megapikselli kamera va ikkita yorug‘lik diodli chaqnoq (vspishka) bilan ta’minlanishi xabar qilingan edi. Agarda mazkur ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, smartfonda 21 megapikselli Sony IMX230 moduli qo‘llanilishi ehtimoli yuqori. Natijada smartfon egalari undan dinamik sahnalar – sport musobaqalari va tabiat qo‘ynida yuqori sifatga ega tasvirlarni olish imkonini qo‘lga kiritishadi. Videoga olish chog‘ida suratga olish tezligi soniyasiga 24 kadrni tashkil etadi. Shuningdek, 4K formatdagi tasvirlarni olish imkoni ham mavjud bo‘lib, soniyasiga 120tagacha kadr xotiraga muhrlanadi.

BlackBerry Priv`ning rasmiy namoyishi Yangi yil arafasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!