Blackview kompaniyasi Dimensity 1000 chipili xavfsiz smartfon chiqaradi

Blackview kompaniyasi Dimensity 1000 chipili xavfsiz smartfon chiqaradi

Ushbu haftada MediaTek o‘zining 7 nanometrli Dimensity 1000 chipini e’lon qildi. Ushbu chip keyingi avlod 5G smartfonlariga o‘rnatiladi.

Taqdimot paytida yangi yakka chipli tizimga ega birinchi mobil qurilmalar kelgusi yilning birinchi choragida chiqarilishi e’lon qilindi.

Redmi o‘z mobil qurilmasini Dimensity 1000 bazasida chiqaradi, degan taxminlar mavjud. Bu yerda gap beshinchi avlod texnologiyasida ishlaydigan birinchi xavfsiz smartfon haqida ketmoqda.Aftidan, Blackview yengib bo‘lmas qurilmalar segmentida flagman yaratishga o‘z e’tiborini qaratgan. Ushbu yangilik kompaniyaning Blackview BV9900 lineykasi vakili bo‘lib, unga Helio P90 protsessori o‘rnatiladi. Qurilma yil oxirida taqdim qilinadi.

Hozirda Dimensity 1000 chipidan boshqaboshqa qurilma haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ehtimol tez kunlarda smartfon haqida ko‘proq ma’lumotlar paydo bo‘ladi va u haqida batafsilroq bilib olishimiz mumkin.

O‘QING: Afsonaviy Doom o‘yinini 20 yillik fotoapparatda ishga tushirishdi (video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.